Denov tuman 4-son politexnikumida 14-fevral Buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan oʻqituvchi va oʻquvchilar, kutubxona xodimlari oʻrtasida "Buyuk shox va shoir siymosiga nazar" nomli gʻazalxonlik kechasi boʻlib oʻtdi… Kechada oʻquvchilar Zahiriddin Muhammad Boburning goʻzal gʻazallaridan oʻqidilar va uning hayoti, bosib oʻtgan yoʻli, gʻazallari hamda bizga qoldirgan meroslari haqida oʻqituvchilar tomonidan oʻquvchilarga maʼlumotlar berildi.




